Diyor Imomxo'jaev: "OFK kubogi g'olibi 1,5 million dollarga ega chiqishini inobatga olsak, uni begona qilmasligimiz kerak"

Alisher
29 iyul 2020
O'zPFL rahbari Diyor Imomxo'jaev klublarimizga xalqaro maydonda berilgan kvotalar haqida o'z fikrlarini bildirdi.

Demak:

- Coca Cola Superliga chempioni - OCHL guruh bosqichida o'ynaydi.

- Coca Cola kubogi g'olibi - OCHL pley-offda ishtirok etadi. 

- Coca Cola Superliga vice-chempioni - OFK kubogi guruh bosqichi, agar...


...agar Coca Cola kubogi g'olibi OCHL guruh bosqichiga yo'l olsa. Ololmasa, uning o'zi OFK kubogi guruh bosqichida o'ynaydi, Coca Cola Superliga vice-chempioni esa xalqaro maydonsiz qoladi. 

Har qanday holatda ham klublarimiz uchun OFK kubogini yutish imkoniyati sezilarli ko'p. G'olib 1,5 million dollarga ega chiqishini inobatga olsak, uni begona qilmasligimiz kerak.


AlisherMuallif
Manba: t.me/diyorimamkhodjaev