

Olmaliqning AGMK klubi kecha tunda Saudiya Arabistoni poytaxtiga yetib borgani haqida xabar bergan edik.
OCHL-2021. AGMK Saudiya Arabistoniga yetib bordi
"A" guruhida AGMKga raqiblik qiladigan BAAning "Shabab Al Ahli" jamoasi ham kecha tunda qirol Holid nomidagi Ar-Riyod aeroportiga yetib keldi. Tarkibida hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov ham bor dubayliklarni Saudiya Arabistoni futbol Federatsiyasi vakillari kutib olishdi va mehmonxonagacha kuzatib borishdi.
"Shabab Al Ahli" jami 28 nafar o'yinchini "zayavka"dan o'tkazdi. Ular orasida osiyolik futbolchi limiti uchun Jaloliddin Masharipov ro'yxatga kiritilgan. Aziz G'anievda jarohat bor, Odil Hamrobekov esa OCHL "zayavka"siga kiritilmagan.











Eslatib o'tamiz, Ar-Riyod shahri mezbonlik qiladigan "A" guruhida "Shabab Al Ahli"dan tashqari, "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni), AGMK (O'zbekiston) va "Istiqlol" (Tojikiston) jamoalari joy olishgan.



