OCHL-2020. “Vissel Kobe” yirik g'alabaga erishdi, Inesta 2ta pas berdi va ilk xet-trik qayd etildi

Eldor Akmurzayev
12 fev 2020
Osiyo Chempionlar Ligasining 1-turi doirasida bugun “G” hamda “H” guruhidan o'rin olgan uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

“Chonbuk Motors” o'z maydonida “Yokogama”ga engilgan (1:2) bo'lsa, “Vissel Kobe” Malayziyaning “Joxor Darul Tazim” klubiga hech qanday imkoniyat qoldimadi – 5:1. 

Kobeliklar sardori Andres Inesta 2ta golga assistlik qildi. Shuningdek, uning jamoadoshi Keydziro Ogava raqib darvozasiga uch bora aniq yo'l topib, joriy musobaqadagi ilk xet-trik muallifiga aylandi. 

"G" guruhi. 1-tur.

“Chonbuk Motors” (J.Koreya) - “Yokogama” (Yaponiya) 1:2

Gollar: Endo 32, Kim Su (ag) 37, Cho 80

Chetlatishlar: Son Jun Xo 69, Li Yon 82

"H" guruhi. 1-tur.

“Vissel Kobe” (Yaponiya) - “Joxor Darul Tazim” (Malayziya) 5:1

Gollar: Ogava 13, Safavi (pen) 27, Furuxashi 28, Ogava 58, Duglas 65, Ogava 72,

 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia