

Bitta o'yindan iborat bo'lgan bahslarda quyidagi natijalar qayd etildi:
“Melburn Viktori” (Avstraliya) – “Bali Yunayted” (Indoneziya) 5:0
“Lokomotiv” (O'zbekiston) – “Istiqlol” (Tojikiston) 0:1
“Buriram Yunayted” (Tailand) – “Xoshimin” (Vetnam) 2:1
“Port FK” (Tailand) – “Ceres” (Filippin) 0:1
“Kedax” (Malayziya) – “Tay Po” (Gonkong) 5:1
Ma'lum sabablarga ko'ra, Erondagi o'yinlar o'tkazilmadi:
“Padidex” (Eron) – “Al-Rifaa” (Bahrayn)
“Istiqlol-Texron” (Eron) – “Al-Kuvayt” (Quvayt)
Shunday qilib, Ikrom Aliboev harakat qilayotgan “Seul” jamoasi saralashning final raundida “Kedax”ga qarshi to'qnash keladigan bo'ldi. Odil Ahmedov o'ynayotgan “Shanxay SIPG” esa “Buriram Yunayted” bilan bahslashadi. Bugun, “Lokomotiv” ustidan zafar qozongan “Istiqlol” Saudiyaning “Al-Ahli” klubi bilan uchrashadi.
28 yanvar:
“Al-Ahli” (S.Arabistoni) – “Istiqlol” (Tojikiston)
“Seul” (J.Koreya) – “Kedax” (Malayziya)
“Shanxay SIPG” (Xitoy) – “Buriram Yunayted” (Tailand)
“FK Tokio” (Yaponiya) – “Ceres” (Filippin)
“Kashima Antlers” (Yaponiya) – “Melburn Viktori” (Avstraliya)
Eslatib o'tamiz, “Al-Ain”ning raqibi ertaga bo'lib o'tadigan “Bunyodkor” – “Al-Zavra” (Iroq) bahsidan keyin ma'lum bo'ladi. Qatarning “Al-Sayliya” va “Al-Rayvan” jamoalari qaysi klubga to'qnash kelishi esa hozircha ma'lum emas.




