OCHL-2019. "Lokomotiv" va "Paxtakor" qachon va kim bilan o'ynaydi?

Narzulla Saydullayev
20 fev 2019, 11:39
Kecha Osiyo chempionlar ligasi pley-off bosqichi bo'lib o'tdi va guruhga chiqqan barcha jamoalar nomi ma'lum bo'ldi.

O'zbekiston chempioni "Lokomotiv" klubi "B" guruhida ishtirok etishidan xabardorsiz. "Temiryo'lchilar" guruh bosqichini o'z maydonida "Al Vahda"ga qarshi o'yin bilan boshlashadi. So'nggi turni ham "Lokomotiv" Toshkentda "Ar Rayan"ga qarshi o'tkazadi.

Kecha "Al Nasr"ni mag'lub etgan "Paxtakor" esa "D" guruhida qatnashadigan bo'ldi. "Sherlar" guruh bosqichini Tehronda "Persepolis"ga qarshi bahs bilan boshlashadi. 6-turni esa Saudiya Arabistonida "Al Ahli"ga qarshi o'tkazishadi.


"Lokomotiv" o'yinlari taqvimi:

1-tur. 4 mart

"Lokomotiv" - "Al Vahda" (BAA)

2-tur. 11 mart
"Ar Rayan" (Qatar) - "Lokomotiv"

3-tur. 9 aprel
"Al Ittihod" (S.Arabistoni) - "Lokomotiv"

4-tur. 22 aprel
"Lokomotiv" - "Al Ittihod" (S.Arabistoni)

5-tur. 7 may
"Al Vahda" (BAA) - "Lokomotiv"

6-tur. 21 may
"Lokomotiv" - "Ar Rayan" (Qatar)




"Paxtakor" o'yinlari taqvimi:

1-tur. 5 mart

"Persepolis" (Eron) - "Paxtakor"

2-tur. 12 mart
"Paxtakor" - "Al Ahli" (S.Arabistoni)

3-tur. 9 aprel
"Paxtakor" - "Al Sadd" (Qatar)

4-tur. 22 aprel
"Al Sadd" (Qatar) - "Paxtakor"

5-tur. 6 may
"Paxtakor" - "Persepolis" (Eron)

6-tur. 20 may
"Al Ahli" (S.Arabistoni) - "Paxtakor"



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia