

Xitoylik FIFA referisi Ming Fu mazkur uchrashuvga bosh hakam etib tayinlandi. Unga qanotlarda hamyurtlari Veyming Xuo va Yi Chao yordam beradi. To'rtinchi hakam vazifasi pokistonlik Shahzod Hurramga yuklatildi.
Uchrashuv komissari – mo'g'ulistonlik Suxbaatar Jargal. Hakamlar nazoratchisi vazifasini saudiyalik Ali Ahmad Altraifi bajaradi.
Ma'lumot uchun, “Lokomotiv” – “Al-Ahli” uchrashuvi 27 fevral, dushanba kuni Toshkent shahridagi “Lokomotiv” stadionida bo'lib o'tadi. O'yin mahalliy vaqt bilan 16:00 da start olishi rejalashtirilgan.




