OCHL–2017. “Al-Ahli” – “Bunyodkor” uchrashuvini yaponiyalik hakam boshqaradi

Narzulla Saydullayev
10 fev 2017
Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 turniri “S” guruhi 1-turidan o'rin olgan “Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni) – “Bunyodkor” (O'zbekiston) o'rtasidagi uchrashuvni yaponiyalik FIFA referisi Ryuji Sato boshqarib boradi.

Unga qanotlarda hamyurtlari Toru Sagara hamda Xiroshi Yamauchi yordam beradi. Zaxira hakami sifatida yana bir yaponiyalik referi – Araki Yusuke ishlaydi.

Uchrashuv komissari etib xitoylik Xuang Song tayinlandi. Hakamlar nazoratchisi vazifasini iordaniyalik Ismoil Adnan Ismoil Alhafi bajaradi.

“Al-Ahli” – “Bunyodkor” uchrashuvi 21 fevral kuni Saudiya Arabistonining Jedda shahrida bo'lib o'tadi. O'yin mahalliy vaqt bilan 20:15 da boshlanishi rejalashtirilgan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com