OCHL. 2-tur yakunlari. Bizning hakamlar ishlashmadi

Narzulla Saydullayev
13 mar 2014
11-12 mart kunlari Osiyo chempionlar ligasining 2-tur bellashuvlari o'tkazildi.
Bo'lib o'tgan 16ta o'yinni 16 nafar hakam boshqarib bordi. Afsuski, ular orasida o'zbekistonlik referilar yo'q.

1-turda Valentin Kovalenko Saudiyada bo'lib o'tgan “Al Hilol” – “Al Ahli” bahsini boshqargandi. Lekin bu turda OFK unga dam bergan ko'rinadi. Endi Kovalenko 3-turdan o'rin olgan “Sanfrechche Xirosima” va “Seul FK” o'rtasidagi uchrashuvni boshqaradi.

Qizig'i, eng mashhur hakamimiz Ravshan Ermatov OCHLning 1-2-turlarida ishlamadi. U 3-tur o'yiniga ham tayinlanmagan. Ermatov 1 aprel kuni BAAda bo'lib o'tadigan “Al Ahli” – “Sepaxon” bahsida hakamlik qiladi. Bu esa 4-tur bellashuvi hisoblanadi.

2-turda avstraliyalik 3 nafar hakam uchta o'yinni boshqardi, shuningdek Yaponiya, Janubiy Koreya va Qatardan hakamlar ikkitadan o'yinni boshqarishdi. Ummon, Bahrayn, BAA, Saudiya Arabistoni, Eron, Singapur va xitoylik referilar esa bittadan o'yinda ishlashdi.

OCHL. 2-turda ishlagan hakamlar

Peter Grin (Avstraliya) “Al Rayan” – “Istiqlol” – 1:0

Strebr Delovski (Avstraliya) “Al Shabab” – “Al Jazira” 1:3

Benjamin Uilyams (Avstraliya) “Sepaxon” – “Al Hilol”  3:2

Masaaki Toma  (Yaponiya) “Bunyodkor” – “Al Jaish” 1:2

Ryuji Sato (Yaponiya) “Fulad” – “Al Fath” 1:0

Dong Jin (J.Koreya) “Laxviya” – “Traktorsozi” 0:0

Kim Jong Xyok (J.Koreya) “Al Ittihod” – “Al Ayn” 2:1

Abdulrahmon Abdu (Qatar) “Sentral Koast” – “Sanfrechche Xirosima” 2:1

Banjar Muhammad Al Dossari (Qatar) “Beyjing Goan” – “Seul” 1:1

Abdulloh Al Hiloli  (Ummon) “Serezo Osaka” – “Shandong Luneng” 1:3

Navaf Shukrulla (Bahrayn) “Buriram Yunayted” – “Poxang Stilers” 1:2

Muhammad Al Zaruni  (BAA) “Melburn” – “Chonbuk” 2:2

Muhammad Alavaji (S.Arabistoni) “Yokogama” – “Guangju” 1:1

Alirizo Fag'oni (Eron) “Ulsan” – “Kavasaki”  2:0

Muhammad Taqi  (Singapur) “Giju” – “Vestern” 0:1

Tan Xay (Xitoy) “Al Ahli” – “Al Sadd” 1:1


Xayrulla Xoliqov tayyorladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia