"Obod"ni Xayrulla Abdiev boshqarib boradi

Narzulla Saydullayev
3 mar 2014
Xabaringiz bor, ushbu yilda Toshkent shahridan Birinchi ligada yana bir yangi jamoa qo'shildi.
Birinchi ligaga chiqish bahslarini  muvaffaqiyatli uddalagan "Obod" birinchi urinishdayoq PFL kubogining finaliga qadar yetib borib ko'pchilikda qiziqish o'yg'otdi.

Ushbu jamoa haqida to'xtaladigan bo'lsak avvalo jamoani tajribali murabbiy Xayrulla Abdiev boshqarib borayotganini takidlash lozim. Bir necha yillar "Yangier" jamoasini boshqarib borgan ushbu murabbiy o'tgan yili "Chust Paxtakor" jamoasida ish olib bordi va endi navbatdagi mavsumda "Obod" jamoasi bosh murabbiyi sifatida ish olib boradi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia