Obi Mikel: “Drogba Shevchenkoga “Chelsi”da kim yetakchiligini isbotlamoqchi bo'lgan”

Eldor Akmurzayev
18 apr 2020
“Arsitokratlar” sobiq yarim himoyachisi Jon Obi Mikel Andrey Shevchenko haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Andrey juda sokin yigit edi. Undan hech qachon so'z eshita olmaysiz. Ehtimol u faoliyatimdagi eng jim yuradigan jamoadoshim bo'lgandir. Uning “Milan”dagi faoliyati aql bovar qilmas edi. U “Chelsi” o'yinchisiga aylanganda, men “Voy, bu Shevaku”, deb o'ylagandim. Uning o'yinlari orqali katta bo'lganman.

Dide Drogba esa raqobatni xush ko'rardi. Uchrashuv qanchalik muhim va raqobat kuchli ekanligini sezsa, u o'zini yetakchiligini isbotlashga urunardi. Andrey kelganda ham bu yuz berdi. Drogba bu erda kim asosiy ekanligini ko'rsatish uchun darajasini oshirishga harakat qilardi.

Shuning bilan birga, Drogba Shevchenkoga yordam berishga harakat qilganini ham ko'rganman. Ular mashg'ulotdan keyin zarbalarni mashq qilish uchun qolishgan. Frenk Lempard ham ular bilan edi”, deydi Obi Mikel.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football.ua