Obameyyang: "Venger uchun o'ynashdan xursandman, chunki u tufayli "Arsenal"daman"

Aslanov Jasurbek
12 mar 2018
"Arsenal" hujumchisi Per-Emerik Obameyyang "Uotford"ga qarshi uchrashuv (3:0) haqida fikr bildirdi.

"Baxtliman, chunki Venger tufayli shu erdaman. U menga qiziqish bildirdi, shu sababli u uchun o'ynashdan xursandman.

Bu katta g'alaba. Jamoa yaxshi o'ynadi va muhim 3 ochkoni qo'lga kiritdi. Muxlislar ham maydonda ko'rganlaridan mamnun bo'lsa kerak va bu biz uchun juda muhim. Hali ham "Arsenal"ga ko'nikishda davom etyapman, biroq boshida qiyin bo'lgan edi. Yanvarda ritmni topish oson emas, shu sababli ko'p o'ynamadim. Yevropa ligasida o'ynay olmasligimdan xafaman" - deydi Obameyang.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror