Obameyangga Saudiya Arabistonining to'rt klubidan taklif bor

Mirjalol Normatov
13 iyun 2023
Saudiya Arabistonining to'rt klubi "Chelsi" hujumchisi Per-Emerik Obameyangning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, 2024 yilgacha shartnomasi bor futbolchi bilan London klubi ham xayrlashishga tayyor. Biroq uni tekinga qo'yib yubormoqchi emas.

O'tgan mavsumda 33 yoshli hujumchi APLning 15 o'yinida qatnashdi. Jamoaga yangi bosh murabbiy kelganidan keyin forvardga ko'proq o'yin amaliyoti berilishi kutilmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports