Obameyang "Milan"da o'ynash uchun maoshi kamayishiga ham rozi

Tolibjon Qosimov
18 iyul 2017
"Borussiya" (Dordmund) hujumchisi Per-Emerik Obameyang "Milan"ga o'tishga rozi.

"La Gazzetta dello Sport"ning ma'lumotiga ko'ra, futbolchi maoshining kamayishiga ham rozi. U italyan klubida yiliga 8 million evro ishlashga ham rozilik berdi. Lekin, "Milan" hali "Borussiya" bilan kelishishi kerak.

Obameyang A Seriyaning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi mumkin. Dordmundliklar oldinroq munosib summa taklif etilsa, gabonlik futbolchini sotishga tayyor ekanliklarini xabar berishgan edi.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport