Obameyang "Marsel"dan ketishini e'lon qildi. Hujumchi Saudiya Arabistoniga yo'l oladi

Administrator
17 iyul 2024
Futbolchi Yevropadan Osiyo tomon yo'l oladi.

Per-Emirik Obameyang "Marsel" klubidan ketadi. Bu haqda hujumchining o'zi ma'lum qildi. 

35 yoshli hujumchi endi Saudiya Arabistonining "Al Qodisiya" klubiga yo'l oladi. Futbolchi "Al Qodisiya" bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi. 

Ma'lumot uchun, "Al Qodisiya" yaqindagina "Real" sobiq o'yinchisi Nacho bilan shartnoma imzolagandi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum Per-Emirik Obameyang "Marsel" safida 49 ta o'yinda maydonga tushib, 27 ta gol va 11 ta assist qayd etgandi. U Yevropa ligasining eng yaxshi futbolchisi nomiga ham loyiq ko'rilgandi.


AdministratorMuallif
Manba: RMC Sport