Obameyang "Arsenal"ning "Sautgempton"ga qarshi o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin

Alisher
11 dek 2021
"Arsenal" hujumchisi Per-Emerik Obameyang "Sautgempton"ga qarshi APL 16-tur doirasidagi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.

32 yoshli gabonlik futbolchi "kanonirlar"ning juma kungi mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi va klub bazasida ko'rinish bermadi.

Obameyang 2021/22 yilgi mavsum "Arsenal" safida 15ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 2ta assist qayd etdi.

"Arsenal" - "Sautgempton" o'yini bugun o'tkaziladi.


AlisherMuallif
Manba: Goal