"Nyukasl" Umtiti uchun 17 million funt to'lashga tayyor

Aziz Tukhtamuradov
30 dek 2021
"Barselona" himoyachisi Samyuel Umtiti faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Fransiyalik futbolchi "Nyukasl"ning transfer maqsadi hisoblanadi va klub himoyachi uchun 17 million funt to'lashga tayyor. 

Kataloniyaliklar uzoq vaqtdan buyon 28 yoshli futbolchini sotib yuborishni rejalashtirishmoqda. 

"Nyukasl"dan tashqari himoyachi uchun "Benfika" va "Milan" qiziqish bildirmoqda. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca