"Nyukasl" Premer-ligadagi mag'lubiyatsiz seriya bo'yicha o'z rekordini yangiladi

Оқил Абдубарноев
15 yanv 2023
"Nyukasl Yunayted" va "Fulxem" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakuniga etdi.

Mazkur bahsda "Nyukasl" 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Shu tariqa, klub ligada qatorasiga 14 uchrashuvdan beri mag'lubiyatga uchramagan holda klub rekordini yangiladi. 

Eddi Xau shogirdlari Premer-ligada oxirgi marta 2022 yilning 31 avgust kuni “Liverpul”ga qarshi o'yinda (1:2) mag'lub bo'lgandi. Keyinchalik "Nyukasl" to'qqiz g'alabaga erishdi va beshta durang qayd etdi. Qo'shimchasiga, "oq-qoralar" ketma-ket beshta o'yinda darvozasidan to'p o'tkazib yubormadi, darvozabon Nik Poup esa quruq seriya bo'yicha ligada peshqadamlik qilmoqda (11).

"Nyukasl" APL turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi. Jamoa 19 uchrashuvdan so'ng 38 ochko jamg'argan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Squawka