"Nyukasl" Milik uchun "Tottenxem" bilan kurashadi

Alisher
23 sen 2020
"Nyukasl" "Napoli" hujumchisi Arkadiush Milikka qiziqmoqda.

"Oq-qoralar" 26 yoshli polyakka qiziqishni uning "Roma"ga ijara asosida o'tishi amalga oshmay qolgandan so'ng davom ettirishmoqda.

Milik o'tgan mavsum "Napoli" safida barcha musobaqalarda 35ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol urishga erishdi.

"Tottenxem" ham qiziqish bildirayotgan futbolchini transfermarkt 32 million evroga baholagan.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports