"Nyukasl" "Manchester Yunayted" bilan Osimxen uchun kurashadi

Omonjon To`xtamirzayev
2 iyun 2023
"Nyukasl" "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen transferi uchun kurashadi.

Ingliz klubi vakillari nigeriyalik futbolchi agenti bilan aloqaga chiqqan. Futbolchi xizmatlariga "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda. Forvard transfer narxi 130 mln funt atrofida bo'lishi kutilmoqda.

"Nyukasl" APLda 4-o'rinni egallab, YCHLga chiqqach, klub foydasi ham keskin oshgan. Yangi homiylar ham qo'shimcha mablag' kiritishga tayyor.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Il Mattino