"Nyukasl" "Lester" futbolchisini 44 mln evroga sotib oladi

Sherzod Nurmatov
20 iyul 2023
"Sky Sports" xabariga ko'ra, "Lester" yarim himoyachisi Xarvi Barns "Nyukasl"ga o'tishga yaqin turibdi.

Manba bergan xabarga ko'ra, tomonlar 25 yoshli angliyalik futbolchining 44 million evrolik transferi borasida kelishib olgan.

Barns "Lester" tarbiyalanuvchisi sanaladi. Uning shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 35 mln evroga baholamoqda.

Barns o'tgan mavsum "Lester" safida 40 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urgan va 3 ta golga assistentlik qilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports