

"Nyukasl" klubi yangi mavsumni Chempionshipda boshlaydigan "Lester" klubidan vinger Xarvi Barnsni sotib oldi. Klub ushbu transfer uchun 38 mln evro sarfladi. Barns bilan shartnoma besh yilga tuzildi.

Ma'lumot uchun, Xarvi Barns "Lester" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U klub tarkibida 187 ta uchrashuvda maydonga tushib, 45 ta gol va 32 ta assist qayd etgandi.



