

Angliyaning "Nyukasl" klubi himoyachisi Kiran Tripper Saudiya Arabistoni chempionatiga yo'l olishi mumkin, deya xabar berdi Nikolo Skira.
Xabar berilishicha, 33 yoshli Tripper arab klubidan muhim taklif olgan. Klub nomi esa ma'lum qilinmagan.
33 yoshli himoyachi 2023/24 yilgi mavsum "Nyukasl" safida 39 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan va 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan.



