"Nyukasl" futbolchisi tarixga kirdi

Mirjalol Normatov
17 dek 2023
"Nyukasl" futbolchisi Lyuis Mayli APL tarixiga kirdi

"Qarg'alar" futbolchisi APLning 17-turi doirasida "Fulxem" (3:0) bilan uchrashuvda hisobni ochdi. O'sha paytda u 17 yosh 229 kunlik edi.

Shu orqali Meyli 2009 yilda "Manchester Yunayted" futbolchisi Federiko Makedadan (17 yosh 226 kun) keyin gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi.

Meyli ushbu mavsumda APLning 6 o'yinida maydonga tushib, 1tadan gol va assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Opta