

Futbolchi Kubok yarim finali doirasidagi "Sautgempton"ga qarshi birinchi o'yindan ikki kun o'tib qoidani buzgani uchun sudda javob berishi kerak bo'ladi.
26 yoshli hujumchi payshanba oqshomida soat 01:20 da shaharning Portelend Roud hududida policiya tomonidan to'xtatilgan va alkogol testidan o'tkazilganda mast holatda mashina boshqargani aniqlangan.
Portelendning Darras Holl hududida yashovchi Joelinton 2019 yilda "Xoffenxaym"dan 40 mln evroga xarid qilingan. U paytlarda jamoani Stiv Bryus boshqarar edi. Eddi Xau boshqaruvga kelgach, o'tgan mavsumda uni chap qanot yarim himoyasida sinab ko'rdi.
Joelinton joriy mavsum APL bahslarida 16 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urib, sheriklarining 2 ta goliga hammualliflik qildi.



