"Nyukasl" yetakchisi yangi shartnomaga rozi bo'ldi. Uning tovon puli 100 million funt bo'ladi

Nozimov Nig'monxo'ja
24 sen 2023
"Nyukasl" braziliyalik yarim himoyachisi Bruno Gimaraes bilan amaldagi shartnomani uzaytiradi.

25 yoshli futbolchi bilan 2028 yilga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma imzoladi. Shartnomaga ko'ra, futbolchining tovon puli 100 million funt bo'ladi. 

Ingliz jamoasi Brunoni 2022 yilning yanvar oyida “Lion”dan 36 million funtga sotib olgandi. Shu vaqt oralig'ida vinger "Nyukasl" safida 63 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta golga assistlik qildi.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com