"Nyukasl" yetakchisi: "Real"ning qiziqishi men uchun yoqimli"

Sherzod Nurmatov
11 okt 2022
"Nyukasl" yarim himoyachisi Bruno Gimaraynsh unga "Real" qiziqayotgani haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

"Men "Nyukasl" loyihasiga hech qachon shubha qilmaganman. Har doim APLda o'ynashni xohlaganman va hozir bundan zavq olyapman. Muxlislar meni yaxshi ko'rishadi, men ham ularni yaxshi ko'raman. Xuddi shu ruhda davom etib, bu erda afsonaga aylanmoqchiman. "Real" – dunyoning eng yaxshi klubi. Ularning qiziqishi men uchun yoqimli. Ammo bu shunchaki gap-so'zdan boshqa narsa emas", – dedi Gimaraynsh.

Bruno "Nyukasl"ga 2022 yilning yanvarida "Lion"dan 42 million evro evaziga o'tgan edi. U joriy mavsum APLning 6 o'yinida 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Chronicle Live