"Nyukasl" eshitishda nuqsoni bor muxlislar uchun maxsus liboslar taklif etadi

Omonjon To`xtamirzayev
22 apr 2024
"Nyukasl" eshitishda nuqsoni bor odamlar uchun libos ishlab chiqdi

Ushbu futbolkalarda eshitish qobiliyati past muxlislar stadion muhitiga to'liq singib kyetishadi:

  • Maykalarga mikrofonlar o'rnatilgan.
  • Atrofdagi tovush maxsus dasturga uzatiladi.
  • Kiyim orqali tana tomonidan ushlanadigan tebranishlar hosil bo'ladi.
  • Inson stadion muhitini his qiladi.


Yaqinda bo'lib o'tgan "Tottenxem"ga qarshi o'yinda bu bo'yicha sinov o'tkazilgan va barchasi muvaffaqiyatli amalga oshgan. Ishlab chiqaruvchi kompaniya bunday futbolkalar "Nyukasl"ning barcha uy uchrashuvlarida bo'lishini vada qilgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal