"Nyukasl" darvozaboni koronavirus yuqtirib oldi

Sherzod Nurmatov
17 iyul 2021
Endi u bilan birgalikda jamoaning yana ikki darvozaboni Gillespi va Vudman ham karantin stacionarida yakkalanadi.

"Nyukasl" darvozaboni Karl Darlouda Covid-19 aniqlangani bois 10 kun karantinda bo'ladi.

Shuningdek, u bilan aloqada bo'lgan klubning qolgan darvozabonlari Mark Gillespi va Frederik Vudman ham karantinga olinadi.  

Eng yomoni, jamoaning birinchi raqamli posboni Martin Dubravka jarohat olgan.  

Jamoa ustozi Stiv Bryus qiyin holatda qoldi, endi u 20 yoshli Deniel Lenglining xizmatidan foydalanishga majbur. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun