"Nyukasl" Bryusni iste'foga chiqardi. Murabbiy saudiyaliklarning xarididan so'ng atigi bitta o'yin o'tkazdi

Alisher
20 okt 2021, 14:54
"Nyukasl" bosh murabbiyi Stiv Byurs o'z lavozimini tark etdi.

Klub o'zining bayonotida e'lon qildiki, tomonlar shartnomani o'zaro kelishuvga ko'ra bekor qilishgan.

Klub shuningdek yangi murabbiy nomi tez orada e'lon qilinishini xabar qildi.

60 yoshli angliyalik Bryus "Nyukasl"da 2019 yildan beri ishlayotgandi. Jamoa bu vaqt davomida APLda 12 va 13-o'rinlarni qo'lga kiritdi.

Klub saudiyaliklar tomonidan xarid qilinganidan so'ng mutaxassis faqatgina bitta o'yin o'tkazdi - "Tottenxem" (2:3). Bu uning murabbiy sifatidagi 1000-o'yini bo'ldi.


AlisherMuallif
Manba: nufc.co.uk