"Nyukasl" "Barselona" yulduziga ko'z tikdi

Mirjalol Normatov
9 okt 2021
"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino faoliyatini "Nyukasl"da davom ettirishi mumkin.

"Sport.es" xabariga ko'ra, klub 29 yoshli futbolchining atrofida bo'layotgan voqeliklarni o'rganmoqda. Agarda tomonlar kelishuvga erisha olsa, braziliyalik futbolchi qishdayoq APLga qaytishi mumkin.

Ushbu mavsumda Koutino "Barselona" tarkibida 6 o'yinda qatnashdi. Uning hozirgi transfer narxi 30 million evroni tashkil qiladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es