"Nyukasl" "Arsenal" va "Liverpul"ning qiziqishi sababli Isak bilan olib borilayotgan muzokaralarni to'xtatdi

Sherzod Nurmatov
28 mar 2025
"Nyukasl Yunayted" hujumchi Aleksander Isak bilan muzokaralarni to'xtatib qo'ydi.

Bu haqda "Caught Offside" ma'lum qildi.

Manbalarga ko'ra, klub va futbolchining agenti birinchi taklif bo'yicha kelisha olmagani uchun "Nyukasl" muzokaralarni vaqtincha to'xtatishga majbur bo'lgan. Shu bilan birga, "Arsenal" va "Liverpul" tomonidan Isakka qiziqish kuchayib borayotgani klubni o'z poziciyasini qayta ko'rib chiqishga va keyingi harakatlar to'g'risida qaror qabul qilishga majbur qilmoqda.

Isak joriy mavsum 23 ta gol urdi va 5 ta golli pas uzatdi. Shuningdek, jamoaga "Liverpul"ga qarshi Angliya Liga Kubogida g'alaba qozonishga yordam berdi.

Shuningdek, "Barselona" ham vaziyatni kuzatib borayotgani va hattoki shvetsiyalik uchun raqobatlashish niyatida ekani haqida mish-mishlar tarqaldi, biroq moliyaviy muammolar tufayli kataloniyaliklar katta ehtimol bilan futbolchiga davogarlik qila olmaydi.

Avvalroq Isak keyingi mavsum uchun o'ziga jamoa tanlagani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Caught Offside