Nurillo To'xtasinov: “Janubiy Koreya bilan Osiyo chempionatida qanday o'ynaymiz? Hamma narsa bo'lishi mumkin”

Narzulla Saydullayev
16 okt 2019
FIFA kunlari munosabati bilan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Janubiy Koreyada mazkur yurt OTJ bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Dastlabki bahsda mezbonlarning qo'li baland kelgan bo'lsa, ikkinchi uchrashuvda hamyurtlarimiz Koreyalik tengqurlaridan ustun keldi. Ortda qolgan navbatdagi yig'in hususida “Bunyodkor” jamoasi a'zosi Nurillo To'xtasinov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Janubiy Koreyaga qarshi kechgan o'yinlar haqida fikr va mulohazalaringiz...Sizningcha ikki jamoa to'liq kuch bilan harakatlandimi?

- Asosiy maqsadimiz o'yinimizni to'g'ri yo'lga qo'yib, uni yanada shakllantirish edi. Shuning uchun iloji boricha murabbiyimizning ko'rsatmalari asosida harakat qildik.

- Birinchi uchrashuvdan so'ng Lyubinko Drulovich qo'shimcha ravishda yana qanday ko'rsatmalar berdi?

- Standart vaziyatlardan unumli foydalanish kerakligini tushuntirdi.

- Bilasiz, koreyaliklar bilan osiyo chempionatida bir guruhdan o'rin olganmiz. Bu ikki o'yinnga qaraydigan bo'lsak, qita musobaqasida ularga qarshi qanday o'yin ko'rsatshimiz mumkin?

- Hamma narsa ro'y berishi hech gap emas. Vaziyatdan kelib chiqib ish tutamiz.

- Avvalgi turnirda ularni yarim finalda yirik, 4:1 hisobda mag'lub etganmiz. Ushbu ssenariyni yana takrorlay olamizmi?

- Bu safar o'rtaga Olimpiada yo'llanmasi qo'yilgan. Demak, mas'uliyati katta bo'lgan musobaqada ikki terma jamoa ham borini berib to'p tepadi.

- Koreyaliklar markazda to'pni egallab tezkor hujumlarni uyushtirdi, aksariyat hollarda ular yakkakurashlarda ham ustun keldi. Balki yig'inga qo'shilmagan Oston O'runov, Xojiakbar Alijonov, Aziz G'anievni o'rni bilingandir?

- Jamoamiz ahil va inoq. Agarda ular ham qo'shilsa, biz yanada kuchayamiz.


Abdulaziz suhbatlashdi



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia