Nunu Jotaning ketishini tasdiqladi: "Liverpul" ajoyib o'yinchi va yigitni olmoqda"

Alisher
19 sen 2020
"Vulverxempton" bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu xavbek Diogu Jotaning "Liverpul"ga o'tishi haqida gapirdi.

"Liverpul" ajoyib o'yinchi va yigitni olmoqda. U to'g'ri joyga ketmoqda. Muxlislarimiz uni unutishmaydi.

Xuver bizga qo'shiladi. U ajoyib imkoniyatlarga ega yosh iqtidorli o'yinchi. Biz bu bitimni barcha uchun foydali deb hisoblaymiz. Diogu bu erda haqiqatdan ham baxtli edi, ammo o'yinchining yangi chaqiriqlarga yo'l olishi normal holat", - deydi murabbiy matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, "Liverpul" Jotaga 41 mln funt, "Vulvz" esa Xuverga 13,5 millionga qadar mablag' to'laydi.


AlisherMuallif
Manba: Goal.com