

"Bild" xabariga ko'ra, agar terma jamoa ustozi Yulian Nagelsmanning shaxsan o'zi bu haqda so'rasa, 39 yoshli futbolchi Germaniya terma jamoasiga qaytadi. Noyer "Barselona" boshliqlari bilan janjallashib qolgan Mark-Andre ter Shtegen bilan yuzaga kelgan noaniq vaziyat tufayli terma jamoaga qaytishi mumkin. Qolaversa, darvozabon bel qismidan operaciya qilingan va 3-4 oyga safdan chiqdi.
Eslatib o'tamiz, Manuel Noyer 2024 yil terma jamoadagi faoliyatini yakunlayotganini e'lon qilgandi. "Bundestim" tarkibida mashhur darvozabon jami 124 o'yin o'tkazib, o'z darvozasidan 118 ta gol o'tkazib yuborgan.



