Noyer 23 yoshli gandbolchiga uylandi

Mirjalol Normatov
14 noya 2023
"Bavariya" va Germaniya termasi posboni Manuel Noyer endi bo'ydoq emas.

37 yoshli futbolchi gandbolchi Anika Bisselga uylandi. To'y 12 noyabr kuni bo'lib o'tdi va unda ko'p inson ishtirok etmadi. Shuningdek, to'ydan rasmlarning chiqmasligi iltimos qilindi.

Noyer va Bissel sentyabr oyi oxirlarida bir-biriga uzuk taqqandi. Bahorda juftlikning ilk farzandi tug'ilishi kutilmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild