"Nottingem Forest" himoyachisi pul tikish qoidalarini buzganlikda ayblanmoqda

Sherzod Nurmatov
13 iyul 2023, 15:50
"Nottingem Forest" himoyachisi Garri Toffolo futbol assotsiatsiyasi tomonidan 375 ta pul tikish qoidalarini buzganlikda ayblangan.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi 2014 yilning yanvaridan 2017 yilning martigacha "Norvich"da bo'lganida, shuningdek, "Suindon Taun", "Roterxem", "Peterboro Yunayted" va "Skantorp Yunayted" klublarida ijara asosida o'ynagan vaqtlarida "stavka" qilgan.

Qayd etilishicha, futbolchi ayblovlarga 19 iyulgacha javob berishi kerak.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Guardian