Nosir al-Helayfi: "Biroz kamtarroq bo'lishimiz kerak"

Mirjalol Normatov
26 iyun 2022
PSJ prezidenti Nosir al-Helayfi klubni rivojlantirish rejalari bilan o'rtoqlashdi.

"Buyuk klub bo'lishni istaymiz, ammo shu bilan birga realist bo'lishga harakat qilamiz. Boylikdan umuman g'ururlanmasligimiz kerak. Endi hech nimani dabdabali nishonlamoqchi emasmiz.

O'tgan mavsumda o'z maqsadlarimizga erishish uchun etarli darajada yaxshi bo'lmadik. Shu sababli endi kamtarroq bo'lishimiz kerak. Endi maydonda va uning tashqarisidagi yurish-turishimizni o'zgartiramiz", - dedi Helayfi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: CBS Sports