"Norvich" hujumchisi Pukki rossiyalik futbolchining rekordini takrorladi

Alisher
24 avg 2019
"Norvich" hujumchisi Teemu Pukki Angliya premer-ligasi tarixida dastlabki 3ta o'yinda 5ta gol urgan ikkinchi o'yinchiga aylandi.

Pukki 1-turda "Liverpul" (1:4) ga qarshi o'yinda raqib darvozasini ishg'ol qilgan bo'lsa, "Nyukasl" (3:1) bilan o'yinda xet-trik qayd etgan edi.

Hozir davom etayotgan "Chelsi"ga qarshi o'yinda esa chempionatdagi beshinchi golini urdi.

Shunday qilib, u rossiyalik Pavel Pogrebnyakning rekordini takrorladi. 

Pogrebnyak 2012 yilda "Fulxem" tarkibida dastlabki uchta o'yinda beshta gol urishga erishgan edi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia