Nodirxo'ja Yuldashev: "Kutilganidek biz 3-savatchadan joy oldik"

Narzulla Saydullayev
20 may 2022
O'zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo chempionati saralashida uchinchi savatchadan joy olishi ma'lum bo'ldi.

Yutug'imiz saralash o'yinlari Toshkentda bo'ladi. Birinchi savatchadan Avstraliya, Tojikiston, Indoneziya, Ummon va ikkinchi savatchadan Vetnam, Saudiya Arabistoni, Bangladesh mezbon sifatida guruhimizdan joy olmaydi.

Lekin Yaponiya, J.Koreya, Eron, Hindiston, 2dan Iroq va so'nggi savatchaga tushib qolgan BAA va Quvayt jiddiy raqiblar hisoblanadilar.

Osiyo chempionatiga chiqishni istasak, guruhlar ma'lum bo'lgach shunga mos kuchli jamoalar bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazmasak bo'lmaydi.

2006 yilda tavallud topgan terma jamoamiz hali O'zbekistonda bitta ham o'rtoqlik o'yini o'tkazmagan. Agar turnirgacha kamida ikkita mini turnir yoki o'rtoqlik o'yini tashkil qilmasak, muxlislar bosimini engish qiyin bo'ladi.

Ma'lumot uchun saralash o'yinlari oktyabr oyida bo'lib o'tadi", - deb yozadi Nodirxo'ja Yuldashev telegramdagi kanalida




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia