Nima? "Xabi Alonso" "Liverpul"ning tailandlik muxlislaridan 8.46 dollardan qarz so'ramoqda

Narzulla Saydullayev
31 yanv 2024
Xabaringiz bor, "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp yozda klubni tark etishini ma'lum qildi.

Uning o'rnini egallashi kutilayotgan nomzodlar orasida birinchi bo'lib "Bayer" ustozi Xabi Alonso nomi tilga olinmoqda.

Tailand policiyasi "Liverpul" klubining mahalliy muxlislaridan "Xabi Alonso"ga pul yubormasliklarini so'radi. Instagramdagi "Xabi Alonso" nikidagi inson "Liverpul" klubi muxlislariga tay tilida Germaniyadan Angliyaga uchib borish uchun 8.46 dollar (300 bat) qarz so'ramoqda. U muxlislarga Angliyaga yetib borsa Kloppning o'rnini egallashini ma'lum qilmoqda.  



"Bayer" Alonsoni qo'yib yubormoqchi emas        


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Yahoo Sports