

Uchinchi tomon orqali olib borilgan muzokaralarda Joze Mourinyu o'z talablarini ma'lum qilgan.
Ma'lum bo'lishicha, Mour Rossiya termasida ishlashga tayyor. Bunining uchun Rossiya federatsiyasi murabbiyga yiliga 20 million evro to'lashi va kamida 2 yillik shartnoma taklif qilishi lozim.
Eslatib o'tamiz, Joze Mourinyuning so'nggi ish joyi "Fenerbaxshe" edi. U o'tgan hafta turk klubidan bo'shatilgandi. Uning Istanbul jamoasidagi yillik maoshi 15 million evroga teng bo'lgan.



