Fransiyalik sobiq futbolchi Nikolya Anelka Gollandiyaning "Rode" jamoasida maslahatchi murabbiy sifatida ishlaydigan bo'ldi.
Ma'lumotlarga qaraganda, fransiyalik sobiq futbolchi klubning yoshlar jamoasi bilan ishlaydi. Shuningdek, jamoaga Fransiyadan yosh va iqtidorli futbolchilarni topib keladi.