Nikolo Skira: "Jenoa" Shomurodovning o'rniga boshqa hujumchi bilan kelishdi

Mirjalol Normatov
10 iyul 2021, 00:34
Kievning "Dinamo"si forvardi Vladislav Supryaga "Jenoa"ga o'tadi.

Oldinroq jurnalist Nikolo Skira "Jenoa" forvardi Eldor Shomurodov 14 mln evro evaziga "Roma"ga o'tishini, ayni damda genuyaliklar uning o'rniga boshqa forvard izlayotganini ma'lum qilgandi. Insayderning ma'lum qilishicha, Supryaga yaqin vaqtlar ichida klub bilan 2026 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolaydi va katta ehtimol bilan aynan Shomurodovning o'rnida o'ynaydi.

O'tgan mavsumda 21 yoshli Supryaga "Dinamo" tarkibida 31 o'yinda qatnashib, 3 gol va 5 assist qayd etgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport