Niko Uilyamsning “Barselona“ga transferi barbod bo'lishga yaqin

Khoja
4 iyul 2025, 10:50
“Atletik“ hujumchisi Niko Uilyamsning “Barselona“ga transferi barbod bo'lishga yaqin.

Sababi Kataloniya klubi futbolchiga La Liganing yangi mavsumida ro'yxatdan o'tishiga kafolat bermagan. Shu sababli futbolchi “Barselona“ga o'tishdan bosh tortgan.

Eslatib o'tamiz, Niko Uilyamsga “Barselona“dan tashqari “Real“ va “Bavariya“ qiziqish bildirmoqda.

Avvalroq, La Liga rahbari Xaver Tebas “Barselona“ hozirda hech bir yangi futbolchini ro'yxatdan o'tkaza olmasligini ma'lum qilgandi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com