"Real" Ispaniya terma jamoasida porlagan sobiq futbolchisini qaytarmoqchi

Sherzod Nurmatov
2 apr 2026
Madridliklar uzoq vaqtdan beri "Komo"da ajoyib o'yin ko'rsatayotgan Niko Pasni qaytarmoqchi ekanligi haqida mish-mishlar yuribdi.

Ammo argentinalik futbolchi "qaymoqranglilar"ning "Santyago Bernabeu"ga qaytishi mumkin bo'lgan yagona sobiq o'yinchisi emas.

Jurnalist Ramon Alvares de Monning so'zlariga ko'ra, bu potencial qaytish - "Osasuna" vingeri Viktor Munos. U yaqinda bo'lib o'tgan Ispaniya va Serbiya o'rtasidagi o'yinda yarq etib ko'zga tashlandi. 22 yoshli vinger "qizil furiya" safida debyut qildi va birinchi golini urdi.

Manba Munos va Pasning birgalikdagi xaridini 17 million evroga baholamoqda.

Eslatib o'tamiz, Munos "Real" tarbiyalanuvchisi emas, chunki u klub akademiyasiga 18 yoshida qo'shilgan. Undan oldin u "Barselona"da tarbiyalangan. U o'tgan mavsum "Real" boshlang'ich tarkibida maydonga tushgan va Karlo Anchelotti qo'l ostida o'yin amaliyotiga ega bo'lgandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Yahoo Sports