Niko Uilyams nima uchun "Atletik"dan "Barselona"ga o'tmaganini tushuntirdi

Sherzod Nurmatov
28 noya 2025
2025 yil yozida ispaniyalik futbolchi kataloniyaliklardan taklif olgani haqida xabar berilgandi, ammo Uilyams oxir-oqibat "Atletik" bilan shartnomasini 10 yilga - 2035 yilgacha uzaytirdi.

"Atletik" va Bilbao - men uchun hamma narsa. Men bu erda inson va futbolchi sifatida o'sdim. Bu klub va shaharda o'ynab, mehnat, kamtarlik va oilaning qadrini o'rgandim", – dedi Uilyams.

Vinger ushbu mavsum barcha turnirlarda 11 o'yinda qatnashib, 2 ta to'p kiritdi va 2 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: GQ