Niko Pas "Real" tufayli "Manchester Siti", "Liverpul”, "Chelsi" va "Arsenal" takliflarini rad etdi

Alisher Ostonov
20 dek 2025
"Komo" yarim himoyachisi Niko Pas "Manchester Siti”, "Liverpul”, "Chelsi" va "Arsenal" takliflarini rad etdi.

Manbaga ko'ra, 21 yoshli argentinalik futbolchi o'zi tarbiyalangan "Real"ga qaytishni istamoqda. Qayd etilishicha, madridliklar xavbekda istiqbolni ko'rmoqda va 2026 yilning yozida uni sotib olishga tayyor.

Bu mavsumda Pas barcha musobaqalarda 16 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining Italiya klubi bilan shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 55 million evroga baholamoqda.


Alisher OstonovMuallif
Manba: TEAMtalk