Nigeriyalik futbolchi Paxtakorga o'tishga yaqin

Khoja
17 dek 2024
Paxtakor navbatdagi legioner futbolchi bilan shartnoma tuzishga yaqin.

Bir yil oldin Neftchiga o'tishga yaqin kelgan nigeriyalik tayanch yarim himoyachi Benjamin Teidi Sherlar safiga o'tishga yaqin.

1994 yilda tug'ilgan futbolchining so'nggi jamoasi Gruziyaning Saburtalo jamoasi hisobladi. Futbolchi ushbu jamoada 2024 yilning yozidan beri harakat qilib kelmoqda. Yarim himoyachi ushbu jamoa bilan yakunlangan mavsumda Gruziya chempionligini qo'lga kiritdi. Shuningdek, futbolchi Dinamo Batumi bilan ham ikki marta mamlakat chempionligiga erishgan. 


KhojaMuallif
Manba: championat.asia