Niderlandiya chempionati o'yinida "Vitess" muxlislarining tribunasi qulab tushdi

Aslanov Jasurbek
17 okt 2021, 22:31
Niderlandiya chempionatining 9-turidan o'rin olgan "Neymegen" - "Vitess" (0:1) uchrashuvi chog'ida kichik tribuna qulab tushdi. Uchrashuv Niymegendagi "De Goffert" stadionida bo'lib o'tdi.

Mehmonlarning muxlislari o'z jamoasining g'alabasini nishonlay boshladilar, buning natijasida balkon bunga bardosh berolmay, sinib tushdi.

Tribuna baland emasdi, shuning uchun hech kim jabrlanmagan. Shu bilan birga muxlislar shohsupaga yaqinlashgan futbolchilarni qo'llab-quvvatlashda davom ettirdilar.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN

O'xshash yangiliklar