Niderlandiya chempionati kamida iyungacha to'xtatildi, mavsum muddatidan oldin yakunlanishi ham mumkin

Niderlandiya chempionatining yuqori divizioni – Erediviziya bahslari 1 iyun sanasiga qadar to'xtatildi.

Mamlakat rahbariyati koronavires pandemiyasi sabab barcha ommaviy tadbirlarni o'tkazishni taqiqlash haqida qaror qabul qildi.

Voetball Zone xabariga ko'ra, ushbu qaror tufayli Niderlandiya chempionati muddatidan oldin yakunlanishi ham mumkin.

De Telegraaf manbasini xabar berishicha, Niderlandiya Qirolligi futbol federatsiyasi darhaqiqat milliy chempionat bahslarini muddatidan oldin tugatish borasidagi variantlarni o'rganib chiqmoqda. Ushbu holatda chempion nomi e'lon qilinadi va hech bir jamoa yuqori divizionni tark etmaydi. Shuningdek, Erediviziyaga quyi liga – Erstediviziyadan ikki klub – “Kambyur” va “De Grafsxap” qo'shilishi mumkin.


Manba: Voetbalzone